Tailand 🇹🇭
Tailand – bu tabiatning sehrli palitrasi, doimiy quyosh va unutilmas sarguzashtlar mamlakati. Yil davomida iliq iqlim, mazali taomlar, va do‘stona xalq bu yurtni Osiyoning eng mashhur sayohat manziliga aylantirgan.

Noyabrdan aprelgacha – eng qulay mavsum: yomg‘irsiz, oftobli va dengiz tiniq. Bangkokda tilla ibodatxonalar, Pattayada yovvoyi tungi hayot, Chang Mayda esa tinchlik va tog‘lar sizni kutmoqda.
Tailand – bu hayot tarzi!
Phuket – Tailandning yuragi! Plyajlar, festivallar, massaj salonlari va zamonaviy hayot birlashgan joy. Patong plyaji – tungi hayotni sevuvchilar uchun, Karon esa osoyishta muhit izlovchilar uchun.

Krabi – ajoyib qoyali plyajlar, shaffof dengiz va Raylay yarimoroli bilan sayyohlarni o‘ziga rom etadi.

Koh Samui – asal oyini uchun ideal orol: kokos daraxtlari soyasida shinam villalar, spa markazlari va quyosh botishlarining jannat manzarasi.
Phuket, Krabi, Samui – Har bir orol o‘z afsonasi bilan!
Tailand plyajlari — bu yuvilgan qum, marvarid rangdagi suv va sizni kutayotgan quyoshli sarguzasht! Ao Nang (Krabi) plyaji snorkelling va dayving uchun ideal.

Phuketdagi Freedom Beach esa tinchlik va go‘zallik uyg‘unligi.
Koh Lipe oroli esa “Tailandning Maldivi” deb ataladi – tiniq suv, kokos va jimjitlik. Har bir plyajda siz o‘zingizga yangi dunyo topasiz.
Tailand plyajlari – Dam olishning o'zacha shukuhi!
  1. Amanpuri 5* – Phuket
  2. The Slate 5* – Phuket
  3. Trisara 5* – Phuket
  4. Banyan Tree Samui 5* – Koh Samui
  5. SALA Samui Chaweng Beach 5* – Koh Samui
  6. Rayavadee 5* – Krabi
  7. The Siam 5* – Bangkok
  8. Anantara Riverside 5* – Bangkok
  9. Six Senses Yao Noi 5* – Phang Nga
  10. Four Seasons Resort 5* – Chang Mai
Tailanddagi eng yaxshi Top 10 mehmonxonalar
Vaqtni qanday maroqli o'tqazish mumkin?
Island Hopping - Snorkling va diqqatga sazovor joylarni tomosha qilish uchun Phi Phi, James Bond orollari va Similan orollari kabi yaqin orollarga qayiqda sayohat qiling.
Bangla Road - Patongning tungi hayotini barlar, klublar va ko‘ngilochar joylar bilan boshdan kechiring.
Biolyuminessent plankton - Orollar atrofidagi suvlarda porlayotgan planktonni ko‘rish uchun tungi ekskursiyaga boring.
Na Muang sharsharalari - Changalzorda joylashgan bu go‘zal sharsharalar bilan tanishing.
Dengiz osti dunyosi bilan yaqindan tanishish uchun dayving bilan shug'ullaning. Koral riflar va noyob baliqlar sizni hayron qoldiradi.
Phuket
Phuket
Phi Phi
Samui
Pattaya
Sayohat qilishdan avval bilishingiz kerak
Joylashuv: Janubi-Sharqiy Osiyo
Poytaxt: Bangkok
Rasmiy til: Tai tili
Valyuta: Tailand Bati
Kurs: 1 USD = 33 THB
Din: Buddizm
Vaqtdagi farq: +2

Viza: Talab qilinmaydi
Vizasiz rejim davomiyligi: 60 kun

Reyslar:
  • Uzbekistan Airways - Bangkok, Phuket
  • Qanot Sharq - Phuket
  • Air Samarkand - Phuket
Phuket, Phi Phi
Eng yaxshi davr: Oktyabr - Aprel
  • Bu davrda quruq mavsum kuzatiladi: quyoshli, issiq (30–32°C), dengiz sokin. Plyajlarda dam olish, snorkeling va qayiq-tur uchun ideal vaqt.
Pattaya
Eng yaxshi davr: Yil davomida
  • Iqlimi issiq, quruq, dengiz toza va cho‘milish uchun qulay. Yil davomida bir xil harorat.
Samui
Eng yaxshi davr: Yanvar - Oktyabr
  • Sharqiy orol bo‘lgani uchun bu yerda mavsum Phuket va Krabidan farq qiladi. Dengiz sokin, ob-havo iliq va yomg'irlarsiz.
Asosiy ma'lumotlar
Mavsumiylik
Unutilmas sayohat uchun eng zo'r takliflar
$1018 / Bir kishi
Le Méridien Phuket Mai Khao Beach Resort
⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️
Mai Khao, Phuket
Aviachipta, Mehmonxona, Transfer, Nonushta, Tibbiy sug'urta
Uchish: 05.06.2025 / 7 kecha
Aviachipta, Mehmonxona, Transfer, Nonushta, Tibbiy sug'urta
Panwa, Phuket
Pullman Phuket Panwa Beach Resort
⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️
$1111 / Bir kishi
Uchish: 20.05.2025 / 8 kecha
$1235 / Bir kishi
Hyatt Regency Phuket Resort
⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️
Kamala, Phuket
Aviachipta, Mehmonxona, Transfer, Nonushta, Tibbiy sug'urta
Uchish: 30.05.2025 / 7 kecha
Qayta aloqa uchun ariza qoldiring
Biz ushbu turdagi to'lovlarni
qabul qilamiz:
Milliy valyutadagi to'lovlar
Xorijiy valyutadagi to'lovlar
YO'NALISHLAR
ISH VAQTI
MANZIL
ALOQA UCHUN
  • Har kuni: 10:00 - 20:00
  • 106-44, Yuqori Sebzor, Olmazor tumani, Toshkent shahri
  • Tel: +998 (90) 820-68-56
  • Pochta: sunriseholidaysuz@gmail.com
XIZMATLAR
FOYDALI
© 2025 "One World Tourism" MCHJ / Xizmatlar litsenziyalangan
Made on
Tilda