Saudiya Arabistoni endi faqat ziyorat mamlakati emas. U sayyohlik bo‘yicha yangi sahifa ochmoqda. Bu yerda siz cho‘l landshaftlari, qadimiy Nabatiy yodgorliklari, zamonaviy shaharlari va betakror arab mehmondo‘stligini birgalikda his qilasiz.
Riyod va Jidda kabi megashaharlar futuristik arxitekturasi bilan ajralib tursa, Al-Ula, Madain Salih va Najran singari hududlar qadimiy sivilizatsiyalarning jimjimador hikoyalarini so‘zlaydi. Saudiya — bu tarix va kelajak oralig‘idagi ko‘prik. Bu yerda siz faqat suratga tushmaysiz — siz tarix ichida yurasiz.
Agar siz zamonaviy qulaylik, muqaddas madaniyat va ulkan tabiat sirlarini birgalikda izlamoqchi bo‘lsangiz, bu manzil — siz kutgan joy!
Saudiya Arabistoni — qadimiy sivilizatsiya va kelajak uyg‘unligi
Saudiyada sayohat qilsa arziydigan shaharlar bisyor. Riyoz — poytaxt va zamonaviylik markazi: Kingdom Tower, Boulevard World va qadimiy Dir’iya tumanini ziyorat qilmasdan bo‘lmaydi. Jidda — Qizil dengiz bo‘yida joylashgan, san’at, moda va dengiz sayohatlari markazi.
Al-Ula — Saudiyaning marvaridi: Madain Salih (UNESCO), Hijr tog‘lari va Maraya Hall – cho‘l o‘rtasidagi futuristik san’at markazi. Abha va Al-Baha — tog‘li hududlar, tabiat va sovuq iqlimi bilan ajralib turadi. Dammam va Khobar esa Fors ko‘rfazi bo‘yidagi dengiz shaharlari bo‘lib, dam olish uchun sokin va zamonaviy muhitni taklif etadi. Har bir shahar – o‘z olami, o‘z ritmi va o‘z sirlari bilan sizni o‘ziga tortadi.
Saudiyaning eng mashhur shaharlari va noyob sayohat nuqtalari
Saudiya Arabistoni ikkita dengiz bilan chegaradosh: Qizil dengiz va Fors ko‘rfazi. Bu ikki suv havzasi, ikki xil go‘zallik. Jidda va Yanbu shaharlari Qizil dengiz bo‘yida joylashgan bo‘lib, bu yerda kristalldek tiniq suv, coral riflar va snorkelling/sho‘ng‘ish imkoniyatlari mavjud. NEOM va Sindalah loyihalari — Saudiyaning kelajakdagi zamonaviy orollari sifatida shakllanmoqda.
Al Lith va Farasan Islands — tabiat bilan uyg‘unlikda, qumli plyajlar va hayvonot dunyosiga to‘la orollar. Fors ko‘rfazi tomonida esa Dammam, Khobar va Jubail shaharlaridagi dam olish maskanlari — suzish, spa va dengiz taomlarini sevuvchilar uchun ideal tanlov. Saudiya sohillari nafaqat quyosh va suv, balki pokiza tabiat va osoyishtalikdir.
Qizil dengiz va Fors ko‘rfazi — Saudiyaning sohillari
Ritz-Carlton 5*, Riyadh – qirollik darajasida nafislik.
Shangri-La 5*, Jeddah – Qizil dengiz manzarasida zamonaviylik.
Habitas Al-Ula 5* – cho‘l ichida ekologik hashamat.
Rosewood Jeddah 5* – dengiz bo‘yidagi nafis tajriba.
Bay La Sun Hotel 5*, KAEC – NEOM yaqinida zamonaviy dam olish.
Narcissus Hotel & Spa 5*, Riyadh – ichki dizayn va shinamlik.
The House Hotel 5*, Jeddah – butik va san’at muhitida.
Four Seasons Riyadh at Kingdom Center 5* – shahar ko‘ngligida premium dam olish.
Sahary Al-Ula Resort 5* – cho‘lda tungi yulduzlar ostida hashamat.
Saudiya'dagi TOP-10 eng yaxshi mehmonxonalar
Vaqtni qanday maroqli o'tqazish mumkin?
Saudiya davlatining tug‘ilgan joyi bo‘lgan Diriya bo‘ylab yuring, hozirda u loy g‘ishtli yo‘laklar, ochiq osmon ostidagi muzeylar va xurmo qo‘shilgan arab qahvasini taqdim etadigan zamonaviy kafelar bilan madaniy markazga aylantirilgan.
Kingdom Centre minorasining tepasiga chiqib, pastda yoyilib yotgan shaharni tomosha qiling va Saudiya Arabistonining zamonaviyligi eng yorqin namoyon bo‘lgan The Boulevard Riyadh — ko‘ngil ochar, hashamatli va san’at markaziga aylangan yangi shahar qalbini kashf eting.
Saudiya Arabistonining YUNESKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan birinchi ob’yekti - Xegra (Madain Solih) bo‘ylab sayohat qiling. Bu yerda qumtosh qoyalarga o‘yilgan Nabatiya qabrlari mavjud bo‘lib, ko‘pincha Petraning "singil shahri" deb ataladi.
Dunyodagi eng katta yaxlit qum sahrosi bo‘lgan Rub’ al-Hali'ning oltin qum tepaliklarini ko‘rishni unutmang.
Jiddaning Al-Balad tumanida marjon toshidan qurilgan uylar oralab sayr qiling, qadimiy masjidlarni ziyorat eting va o‘ziga xos sohil madaniyatini his qiling.
Riyod
Riyod
Al Ula
Rub Al-Hali
Jidda
Sayohat qilishdan avval bilishingiz kerak
Joylashuv: Yaqin Sharq Poytaxt: Ar-Riyod Rasmiy til: Arab tili Valyuta: Saudiya Riyali Kurs: 1 USD = 3.75 SAR Din: Islom Vaqtdagi farq: -2
Viza: E-Viza
Reyslar:
Uzbekistan Airways - Jidda
Centrum Air - Jidda, Madina
Qanot Sharq - Jidda, Madina
FlyAdeal - Jidda
Riyod Eng yaxshi davr: Noyabr - Mart
Bu davrda havo salqin, kunlik harorat 20–28°C atrofida bo‘ladi. Plyajdagi dam olishlar uchun eng yaxshi payt
Jidda Eng yaxshi davr: Noyabr - Mart
Bu davrda havo salqin, kunlik harorat 20–28°C atrofida bo‘ladi. Plyajdagi dam olishlar uchun eng yaxshi payt
Al-Ula Eng yaxshi davr: Oktyabr - Aprel
Bu faslda harorat 22–28°C, plyajlar, ekskursiyalar va sahro safarilarini bemalol amalga oshirish mumkin.