Yaponiya – bu samuray ruhi, texnologiyalar mo‘jizasi va estetik go‘zalliklar mamlakati. Har bir sayohatchining yuragiga kiradigan bu o‘lka qadimiy ibodatxonalar, sakura gullari ostidagi sokin xiyobonlar, zamonaviy metropollar va issiq buloqlari bilan ajralib turadi.
Tokio – yirik texno markaz, Kioto – tarixiy meroslar manbai, Okinawa – dengiz boyligi va tropik dam olish uchun ideal. Yaponiya o‘zining toza tartibli shaharlari, benuqson servis madaniyati, hamda chuqur ildiz otgan mehmondo‘stligi bilan hayrat uyg‘otadi. Bu yerda har bir kun – san’at, did va ma’naviyat uyg‘unligidagi sarguzashtga aylanishi mumkin.
Yaponiya – qadimiy an'analar va futuristik hayot uyg‘unligi
Yaponiya turizm xaritasida bir nechta durdonalarga ega: Tokio – dunyoning eng faol va zamonaviy shahri. Kioto – 1000 dan ortiq ibodatxonalar, geyscha tumanlari va bambuk o‘rmonlari. Osaka – shinam ko‘ngilochar hayot va mazali taomlar markazi.
Hakone va Fuji hududi esa issiq buloqlar va tog‘ manzaralari bilan mashhur. Ammo alohida ta’kidlash kerakki, Okinawa orollari Yaponiya ichida tropik jannat hisoblanadi: sayoz toza suv, riflar, dam olish maskanlari va mahalliy madaniyat uyg‘unlashgan noyob joy. Bu shaharlardan har biri sizga Yaponiya mo‘jizasini o‘zicha namoyon qiladi.
Yaponiyadagi eng mashhur kurortlar va noyob shaharlar
Ko‘pchilik Yaponiyani tog‘lar va metropollar bilan tasavvur qiladi, biroq Okinawa – haqiqiy tropik jannat. Oq qumli plyajlar, korall riflari, suzish va snorkeling uchun ideal joylar bilan boy bu orollar Osiyo Karibi sifatida tanilgan. Okinawa sohillarida quyosh botishlarini tomosha qilish – hayotdagi eng romantik lahzalardan biri.
Miyakojima va Ishigaki orollari esa o‘zining beg‘ubor tabiati, chuqur madaniyati va shinam kurortlari bilan farqlanadi. Bu yerlar, ayniqsa, balayi yoki sokin oila sayohati uchun mukammal tanlov. Issiq iqlim, yangi baliq mahsulotlari va bema'ni stressdan yiroq muhit – Okinawa dam olishni boshqa darajaga olib chiqadi.
Yaponiyada kurort sohillari – Okinawa orollarining ajoyibligi
Aman Tokyo 5* – tinchlik va yuqori servis uyg‘unligi.
The Ritz-Carlton Kyoto 5* – qadimiy ibodatxonalar yaqinida hashamat.
Hoshinoya Tokyo 5* – zamonaviy ryokan uslubidagi mehmonxona.
Hotel The Mitsui Kyoto 5* – tarixiy arxitektura ichida zamonaviylik.
The Peninsula Tokyo 5* – Markaziy Ginza hududida joylashgan.
Halekulani Okinawa 5* – okean manzarali tropik oromgoh.
Hyatt Regency Hakone 5* – tog‘lar bag‘rida issiq buloqli kurort.
Park Hyatt Tokyo 5* – "Lost in Translation" filmidagi mashhur joy.
InterContinental ANA Manza Beach Resort 5* (Okinawa) – plyaj va SPA.
Shigira Bayside Suite Allamanda 5* (Okinawa) – faqat kattalar uchun, tinchlik va shinamlik markazi.
Yaponiyadagi Top-10 eng yaxshi mehmonxonalar
Vaqtni qanday maroqli o'tqazish mumkin?
Meydzi ibodatxonasining sokin hududlaridan, o‘rmonli so‘qmoqlar ostidagi yog‘och lavhalarga osib qo‘yilgan duolardan boshlab, to yuzlab odamlar nurlar daryosi kabi oqib o‘tadigan Shibuya chorrahasining gavjum muhitigacha sayohat qiling.
Arashiyamadagi bambuklar mayin shitirlashida, Fushimi Inari ibodatxonasining qirmizi darvozalarida va Kinkaku-ji (Oltin saroycha) ning zarrin aksida, Yaponiyaning teran ma’naviy ohangi qalbingizni chulg‘ab oladi.
Xakone yoki Kavaguchikoga yo‘l oling, u yerda ulug‘vor Fudziyama manzarasini tomosha qilgan holda onsen (issiq buloq)da rohatlanishingiz mumkin. Tumanli bo‘lsin yoki qorli bo‘lsin, Fudzi oddiy tog‘dan ko‘ra ko‘proq narsani anglatadi - u millat qalbidir.
So‘ng Yaponiyaning oshxonasi hisoblangan Osakaga yo‘l oling — jonli, samimiy va jasur shahar. Dotonborining neon chiroqlariga cho‘mgan tor ko‘chalarida takoyaki, okonomiyaki va ko‘cha taomlari lazzatidan bahramand bo‘ling.
Sarguzasht izlovchilar Xokkaydo viloyatining yovvoyi tabiatidan zavqlanishadi - Furano'dagi gul maydonlarigacha va Noboribetsudagi bug‘lanayotgan vulqon kraterlarigacha.
Tokyo
Kyoto
Xakone
Osaka
Hokkaidao
Sayohat qilishdan avval bilishingiz kerak
Joylashuv: Sharqiy Osiyo Poytaxt: Tokyo Rasmiy til: Yapon tili Valyuta: Yapon Iyeni Kurs: 1 USD ≈ 155 JPY Din: Shintoizm, Buddizm Vaqtdagi farq: +4
Viza: Oldindan elchixonada rasmiylashtiriladi
Reyslar:
Uzbekistan Airways – Tokyo
Tokyo, Kyoto, Osaka Eng yaxshi davr: Aprel - May / Sentabr - Oktabr
Bahor — mashhur sakura gullashi davri bo‘lib, sayohatchilar eng ko‘p tashrif buyuradigan vaqt. Ob-havo iliq va quruq, kunduzgi harorat 15–25°C atrofida. Parklar, tog‘lar va ibodatxonalar go‘zallikka to‘la bo‘ladi.
Hokkaido Eng yaxshi davr: Iyun - Avgust
Issiq bo‘ladi (28–35°C). Iyun oyida yomg‘ir mavsumi boshlanadi. Ammo bu davrda festivallar (matsuri), tog‘ sayohatlari va OKinawa orollarida dengizga cho‘milish mashhur.
Asosiy ma'lumotlar
Mavsumiylik
Unutilmas sayohat uchun eng zo'r takliflar
Tokyo
Kyoto
Hakone
Kelajak bo‘ylab sayohat - "Yaponiya Oltin Aylanasi"
Narx so'rov bo'yicha
10 kunlik “Yaponiyaning Oltin Halqasi” guruҳli sayohati Tokio, Enosima, Yokogama, Kioto, Hakone kabi shaharlarni o‘z ichiga oladi. Sayohat davomida tarixiy joylarga ekskursiyalar, Shinkansen poyezdi, Fuji tog‘i, onsenlar va madaniy diqqatga sazovor joylar bilan tanishish kutilmoqda.
Uchish: Iyul / Avgust / Sentabr / Oktabr / Noyabr / Dekabr